Myanma rohine musulmonlariga yordam bermaslikka chaqirdi

Myanma rohine musulmonlariga yordam bermaslikka chaqirdi

Myanma hukumati Bangladeshni bir yildan beri chegaralar orasidagi neytral hududda jon saqlayotgan 6 ming qochoq rohine musulmonlariga yordam bermaslikka chaqiryapti. Bu haqda "qalampir.uz" xabar bermoqda.
 
Buning o‘rniga Myanma hukumati o‘zlari qochoqlar uchun insonparvarlik yordami tashkil qilmoqchi va tez orada ularni Myanmaga qaytarishni boshlamoqchi. Myanma hukumati Bangladesh bilan musulmonlarni qaytarish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishgan.
 
Eslatib o‘tamiz, Myanmada musulmonlarga qarshi hujumlar 2017 yil avgust oyi oxirlarida boshlangan. Hukumat bu hujumlarni “qurolli jangarilarga qarshi kurash”, deb o‘zini oqlagan edi.
 
Ma’lumot o‘rnida, 1970 yillardan boshlab Myanmadagi rohine musulmonlari muntazam hujumlar va etnik tozalashlarga uchrab kelgan. O‘tgan davr mobaynida 2 millionni tashkil qiluvchi Myanma musulmonlarining 80 foizi qo‘shni davlatlardan panoh topdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!