Mutasaddilar: “Tashkent City” kongress-xoll tomining qulab tushgani yolg‘on...

Mutasaddilar:  “Tashkent City” kongress-xoll tomining qulab tushgani yolg‘on...

2 dekabr kuni “Tashkent City”da qurib foydalanishga topshirilgan kongress-xoll tomining bir qismi qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Ushbu xabarning haqiqatga zid ekani to‘g‘risida Tashkent city rasmiy telegram xabarida ma’lumot paydo bo‘ldi.

2019 yilning 2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Tashkent Citi Kongress-markazi tomi qulashi haqida xabar tarqatilgan edi, deyiladi xabarda.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, tom qismi butun holatda ekanligi aniqlandi. Hozirda yolg‘on xabar tarqatilishining sabablari va manbalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun:

Avval xabar qilinganimizdek, Tashkent Citi Kongress-markazi hudud seysmik jihatlari inobatga olingan holda, zilzilabardoshligi 9 ballgacha etib qurilgan.

Eslatib o‘tamiz, hodisa  8 dekabr — Konstitusiya kuni munosabati bilan tashkil etiladigan bayram dasturiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda — repitisiya chog‘ida yuz bergani aytilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!