Moliya vazirligi bosh sovrini 4 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan tanlov e’lon qildi

Moliya vazirligi bosh sovrini 4 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan tanlov e’lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zamonaviy, original, osonlik bilan tan olinadigan logotipini yaratish uchun professional grafik dizaynerlar, rassomlar hamda rassomlik mahoratga ega bo‘lgan kreativ shaxslar uchun tanlov e’lon qilmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Logotipning mafkuraviy va g‘oyaviy tarkibi vazirlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga, shuningdek, qonuniy, madaniy va estetik standartlarga mos bo‘lishi lozim, deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Ishtirokchi boshqa birovlarning mualliflik va turdosh huquqlarini tanlov ishlarida buzgan taqdirda, barcha huquqbuzarlikka shaxsan javobgar hisoblanadi.

Tanlov ishi o‘zida grafik qism va tushuntirish xatini jamlashi lozim.

Grafik qism tasvirdan iborat, osonlik bilan o‘qiladigan, «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi» yozuvli original logotipni tashkil etishi va tasvir, eskiz, chizma, grafik maket hamda 3D-render shakllarida taqdim etilishi mumkin.

Tushuntirish xati ixtiyoriy shaklda bo‘lib, u taqdim etilgan vazirlik logotipi konsepsiyasini dizayndagi ma’naviy-mafkuraviy elementlarini talqin etish orqali aks ettirishi kerak.

Barcha materiallar ddjuraeva@mf.uz; pressservice.mfuzb@gmail.com elektron manzillari orqali qabul qilinadi.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
I bosqich: 2018 yil 21 iyundan 30 iyungacha — tanlov ishlari ko‘rib chiqiladi;
II bosqich: 2018 yil 2 iyuldan 7 iyulgacha — ishlarni baholash.

Tanlov g‘olibi eng kam ish haqining 25 barovar miqdorida mukofotlanadi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!