Mitrofanova O‘zbekistonda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari taqchilligi haqida

Mitrofanova O‘zbekistonda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari taqchilligi haqida

O‘zbekiston hukumati yoshlarda ishchi kasblarga qiziqishni rag‘batlantirmoqchi va buning uchun respublika bo‘ylab kasbiy ta’lim muassasalari tarmog‘ini ochish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, joylarda ishsizlik mavjudligi bilan bir qatorda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga bo‘lgan kuchli talab ham mavjud. Xususan, yengil sanoat tarmog‘ida 46 ming, qurilish industriyasida - 104 ming, metallurgiya sohasida 71 ming, xizmat ko‘rsatish sohasida 67 ming nafar ishchilarga talab mavjud.

Valentina Mitrofanova fikriga ko‘ra, yoshlarda ishchi kasblarga qiziqishni orttirish uchun, O‘zbekiston o‘zi hayotga tatbiq etmoqchi bo‘lgan loyihalarni ommalashtirmog‘i lozim.

"Tabiiyki, bu qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan milliy loyihalardir. Bunda hamma yoqda bunga talab borligi, bu mamlakatni ko‘tarish uchun zarurligi, milliy ruhni tarbiyalash uchun lozimligi haqida gapirilmog‘i darkor", - deydi Sputnik O‘zbekiston efirida ekspert.



 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!