Mis xomashyosini qayta ishlaydigan tadbirkorlar muammo va takliflari tinglandi

Mis xomashyosini qayta ishlaydigan tadbirkorlar muammo va takliflari tinglandi

Joriy yilning 25 aprel kuni misni qayta ishlash bilan shug‘ullanayotgan 50 ga yaqin tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda sohadagi yirik tadbirkorlik subektlari ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida bugungi kunda sohada tadbirkorlarda yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf qilish masalalari muhokama qilindi.

Xususan davra suhbatida soha yaxshi rivojlangan xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb etib, banklar tomonidan eksport shartnomalarni garov sifatida qabul qilish, aylanma mablag‘lar uchun faktoring asosida qisqa muddatli “revolver” kreditlar ajratish, mahalliy ishlab chiqarish xodimlar malakasini oshirish, sink xomashyosini chuqur qayta ishlab qo‘shilgan qiymat yaratishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlarga qo‘shimcha sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalar tadbirkorlar tomonidan bildirildi.

Uchrashuv yakunida amaliyotdagi mavjud muammolar va ularga taklif etilayotgan yechimlar umumlashtirilgan holda, ko‘rib chiqish uchun Hukumatga va tegishli idoralarga yuborilishi yuzasidan kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!