MIB ko‘magi bilan Navoiy viloyatida yosh oila yarashtirildi

MIB ko‘magi bilan Navoiy viloyatida yosh oila yarashtirildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining 10.04.2010 yildagi qaroriga ko‘ra qarzdor M.Xusayinovdan undiruvchi N.Xusayinova foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan edi. Yillar davomida M.Xusayinov va N.Xusayinova alohida yashasada boshqa turmush qurmagan.

Majburiy ijro byurosi Nurota tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida mazkur oilaning yarashtirilishiga erishildi.

Shuningdek, mazkur sudning 27.11.2018 yildagi qaroriga ko‘ra, qarzdor M.Murodovadan undiruvchi X.Qo‘ldoshev foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, ushbu aliment pullarini undirish jarayonida bo‘lim xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘z samarasini berdi va yosh oila qayta tiklandi.

Xuddi shular kabi, sudning qaroriga ko‘ra, aliment to‘lash belgilangan A.Lutfullayev bilan D.Najmitdinova, M.Samiyev bilan Z.Ro‘ziyevalarning ijro ishlari bo‘yicha ham bo‘lim xodimlari tomonidan olib borilgan yarashtirish targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida, mazkur oilalar yarashishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!