MIB G‘allaorolda noqonuniy foydalanish holatini fosh qildi

MIB G‘allaorolda noqonuniy foydalanish holatini fosh qildi

MIB G‘allaorol tuman bo‘limi xodimlari tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda fuqaro I.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan G‘allaorol tumani Sarbazor MFY hududidagi to‘yxona va qo‘shimcha binolarida qurilish ishlarini olib borishda elektr energiyasidan noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari ga zid ravishda elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelib, hisob-kitoblarga ko‘ra, 11.348.560 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qonunbuzarga nisbatan O‘zbekiston MJtKning 101-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining besh baravari 1.013.650 jarima qo‘llanilgan.

Agar qonunbuzar tarmoqlardan qonuniy foydalanganilda, jarimaga tortilmasligi ham mumkin edi.

Energiya resurslardan oqilona va to‘g‘ri foydalanaylik shunda ortiqcha ovoragarchilik va noxushm holatlarning oldini olgan bo‘lamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!