Markaziy Osiyo davlatlariga tashqi kuchlar tomonidan bosim bo‘lmoqda

Markaziy Osiyo davlatlariga tashqi kuchlar tomonidan bosim bo‘lmoqda

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov Markaziy Osiyo davlatlariga tashqi kuchlar tomonidan bosim o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, tashqi kuchlar Markaziy Osiyo davlatlarining milliy manfaatlarini hisobga olmagan holda tanlov qilishga majburlashmoqda.

“O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasiga tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraydi va bu makonda tinchlik, xavfsizlik va ishonch o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Afsuski, Markaziy Osiyoga harakat qilayotgan tashqi kuchlar milliy manfaatlarni inobatga olmasdan tanlov taklif etishmoqda”.

Ushbu so‘zlar xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy vakillarning Sankt-Peterburgdagi “Ekspoforum” doirasida o‘tayotgan XII xalqaro yig‘ilishida V. Maxmudov tomonidan aytildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!