Maktab o‘quvchisi is gazini aniqlaydigan robot yaratdi

Maktab o‘quvchisi is gazini aniqlaydigan robot yaratdi

Qamchiq dovonidagi 16-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Zufar Mirzayev xonada tarqalgan is gazini aniqlaydigan qurilma (robot) yaratdi (suratda).

U qanday ishlaydi?

Tabiiy va is gazini aniqlaydigan qurilmaning tashqi ko‘rinishi kichik robotga o‘xshaydi. Robot xonadondagi gaz uskunalari atrofida doimiy harakatda bo‘ladi.

Agar xonada gaz hidi sezilsa, robotda baland chastotali ovoz chiqib, ogohlantiruvchi maxsus chiroq yonadi. Robotga o‘rnatilgan monitorda “Diqqat gaz” degan ogohlantiruvchi ma’lumot paydo bo‘ladi.

Odatiy holda robot monitorida xona harorati va xona namligi to‘g‘risida doimiy ma’lumot uzatib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!