“Lacetti”ni boshqarib YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan qizga qanday chora ko‘rildi?

“Lacetti”ni boshqarib YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan qizga qanday chora ko‘rildi?

18 oktyabr kuni internet tarmog‘ida “Lacetti” rusumli avtomobil va uning ortidan IIBB avtomobili maxsus yorug‘lik signallarini yoqqan holda harakatlanayotganining videosi tarqaldi. Shuningdek kadrda haydovchi YPX inspektorining talabiga bo‘ysinmagani ham aks etgan. Ushbu fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qiladi.

17 oktyabr kuni taxminan soat 22.35 da Olmazor tumanidagi Toshkent xalqa avtomobil yo‘lidagi “Ayvon” choyxonasi qarshisida YHXB YPX inspektori M.Z. hushtak va jezl bilan “Lacetti” rusumli avtomobil (davlat raqami 01  D 616  VV) haydovchisiga to‘xtashni talab qilgan.

Haydovchi esa YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysinmasdan harakata katta tezlikda davom ettirgan, shundan so‘ng YPX xodimi S.X. qoidabuzarnin avtomobilini Lacetti rusumli xizmat avtomobilida (davlat raqami 01 673 VSC) ta’qib qila boshlagan.

Ortdan ta’qib qilib kelayotgan patrul avtomobili ham qoidabuzarni fikrini o‘zgartirmadi. U TXAY bo‘yicha harakatni davom ettirib, “Uch Qahramon” YPX postigacha yetib bordi, so‘ng – Amir Temur va Yavngi Shahar ko‘chalari kesishmasidagi aylana chorrahasida bir oz vaqt qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha harakatlangan.

YHXB xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida soat 22.55 da avtomobil Yunusobod tumanidagi Kaymakova ko‘chasida (17-son shifoxona qarshisida) to‘xtatildi. Z.A.ga tegishli bo‘lgan avtomobilni Toshkent viloyatida yashovchi 25 yoshli Gulira’no A. boshqarib borgan. Avtomobilni boshqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plamidan haydovchida faqat ishonchnoma bor edi.

Gulira’no A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasi (“Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, uning avtomobili jarima maydonchasiga joylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!