Koronavirusga qarshi yangi qurilma yaratildi

Koronavirusga qarshi yangi qurilma yaratildi

Amerikalik olimlar koronavirusni nafaqat jismlar yuzasi, balki inson hujayralari ichida ham yo‘q qilishga qodir qurilma yaratdi. Bu haqda “Scientific Reports” jurnali xabar tarqatdi.

Yangi ixtiro lampa-chiroq shaklida. U o‘zidan ko‘k yorug‘lik to‘lqinlari chiqaradi va «COVID-19»ni neytrallashtiradi.

Tadqiqotchilar avvalroq ultrabinafsha nurlari koronavirusga qarshi kurashishda samara berishini qayd etgan edi. Ammo bunday nurlanishning yuqori dozalari DNK buzilishlariga olib kelishi mumkin.

Yangi tadqiqotda esa olimlar ma’lum zichlikdagi ko‘k nur to‘lqinlaridan foydalanishdi va uning tegishli diapazonda inson uchun xavfsiz ekanligini aniqlashdi.

Tajriba-sinov jarayoni odam bronxlari va traxeyasidan olingan donor hujayralari asosida yasalgan uch o‘lchovli hujayra modellari ustida o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bunday yorug‘likning past dozalari ham virusni yo‘q qila oladi va inson hujayralariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Olimlarning fikricha, yangi ishlanma vaksinalar tanqisligidan aziyat chekayotgan mamlakatlar va mintaqalarda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!