Koronavirusga chalingan qozog‘istonlik ayol o‘ldi: shifokorlar jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishgan

Koronavirusga chalingan qozog‘istonlik ayol o‘ldi: shifokorlar jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishgan

Ijtimoiy tarmoqlar koronavirusdan vafot etgan qozog‘istonlik ayolning oilasi prezident va sog‘liqni saqlash vaziriga murojaatini muhokama qilmoqda. Xususan, marhumning qarindoshlaridan oilani "adolatsizlikdan, tajovuzkor hujumlardan va xavfli kasallikning tarqalishiga olib keladigan xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik ayblovlaridan" himoya qilish so‘ralgan. Aqmolalik shifokorlar vaziyatga izoh berdi, deb xabar beradi nur.kz.

Oila murojaatini feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida jamoat arbobi va jurnalist Arman Shurayev e’lon qildi. Unda marhumning qarindoshlari kasallikning rivojlanish xronologiyasini beradi.

Shunday qilib, ularning so‘zlariga ko‘ra, ayol nafas qisishi va isitma shikoyatlari bilan birinchi marta  22-mart kuni shifokorlarga murojaat qilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi klinikaga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

Bundan tashqari, yaqin kishilarning aytishicha, ular koronavirus deb taxmin qilishgan.

23 mart kuni ayol, tavsiya etilganidek, klinikaga borgan. U yerda unga antibiotiklar buyurilgan va ko‘proq iliq suyuqlik ichish tavsiya qilingan. Ammo, oilaning yozishicha, keyingi bir yarim kun ichida ayolning ahvoli yomonlashgan, davolash belgilanganiga qaramay, ular yana tez yordam chaqirishgan. 25 mart kuni erta tongda pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizishga qaror qilingan. Keyin koronavirus bo‘yicha testlar salbiy natijani ko‘rsatgan. Ertasi kuni ayol olamdan o‘tgan. O‘lim to‘g‘risidagi guvohnomaga o‘limga pnevmoniya sabab bo‘lganligini ko‘rsatilgan. Ammo keyinchalik ayolning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi.

Marhumning qarindoshlari xolis tekshiruv o‘tkazishni va aybdorlarni javobgarlikka tortishni so‘radilar.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!