Koronavirus! 2 hafta ichida klinik sinov natijalari tayyor bo‘lishi mumkin

Koronavirus! 2 hafta ichida klinik sinov natijalari tayyor bo‘lishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi dori-darmonlarning klinik sinovlari bo‘yicha dastlabki natijalarni 2 hafta ichida olishni kutayotganligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ayni damda samaradorlik testi “remdesivir”, bezgakka qarshi “gidroksixloroxin” va OIVga qarshi dori “lopinavir” ustida olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu dorilar 39 mamlakatda qariyb 5,5 ming odamda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi yagona rag‘batlantiruvchi dori bu remdesivir bo‘lib, ushbu dorini qabul qilgan bemorlar boshqalarga qaraganda 4 kun tezroq tuzalishmoqda.

Jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda vaksina mavzusiga ham to‘xtalib o‘tgan JSST vakillari uning mavjudligi va ommaviy ishlab chiqarish vaqti hamon noma’lum ekanligini ta’kidlashmoqda.

“Vaksinaning qachon tayyor bo‘lishini oldindan aytish noto‘g‘ri. Hozir dunyoda 130 dan ortiq vaksinalar ishlab chiqilmoqda, ammo ularning hech biri ustida olib borilgan klinik tadqiqotlar ijobiy natijalarga yaqinlashmadi”, deyiladi xabarda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!