Komil Allamjonov OAV va blogerlarga soliq imtiyozlari berishni taklif qildi

Komil Allamjonov OAV va blogerlarga soliq imtiyozlari berishni taklif qildi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov bugun soliq mavzusi muhokama markaziga chiqqanidan foydalanib, mass-media sohasiga oid boshqa bir taklifni ilgari surdi. Bu haqda u o‘zining "Telegram" kanalida yozib qoldirdi.

COVID-19 pandemiyasi natijasida ko‘plab sohalar kabi ommaviy axborot vositalari ham moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Vaqt o‘tishi bilan bu muammolar kattalashsa kattalashadiki, lekin ijobiy tomonga o‘zgarishi dargumon. Mana shunday sharoitda ularni qo‘llab-quvvatlamasak, so‘z erkinligining tayanchi bo‘lgan ko‘plab OAVlar yopilib ketishi mumkin. Shunga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar (bevosita blogerlik faoliyatida olgan daromadiga nisbatan)ga soliq imtiyozlari berishni taklif qilaman.

Ha, to‘g‘ri, oddiy kunlarda har qanday soliq imtiyozini aksariyat ekspertlar iqtisodiy nuqtai nazardan ma’qullashmaydi, bunga qarshi chiqishadi. Lekin butun dunyoda katta iqtisodiy inqiroz kutilayotgan bir davrda deyarli barcha davlatlar iqtisodiy tanglikka uchragan turli sohalarni qo‘llab-quvvatlayotganini ham unutmasligimiz kerak. Va men bugun alohida xavotir bilan ta’kidlamoqchimanki, mass-media sohasi ham ana shunday inqirozga uchramoqda.

Yangi O‘zbekistonning muhim va ajralmas qismi bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini saqlab qolish uchun birgalikda harakat qilishga barchani chorlab qolaman", deydi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi  Komil Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning plastik kartalaridagi mablag‘lar haqida soliq idoralariga xabar berish tizimini joriy etish taklif qilinmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!