Koinotda Yerdan yaxshiroq sayyora bor emish

Koinotda Yerdan yaxshiroq sayyora bor emish

Astronomlar uzoq vaqtdan buyon koinotda Yerdagidek hayot mavjud bo‘lgan sayyoralarni qidirib topisholmayotgan edi. Yaqinda Vashington shtati universiteti olimlari shov-shuvli xabarni e’lon qildi. Ular 4500 sayyora orasida 24 ta super yashash sayyorasini topibdi. Bu olamlarning yoshi Yerdan katta, massasi og‘ir, ularda katta suvlik mavjud bo‘lib, sayyoramizdan iliq. Bu omil hayotning murakkab shakllari rivojlanishiga imkon beradi.

Super yashash mezoniga to‘liq javob beradigan birorta ham sayyora topilmagan bo‘lsa-da, olimlar bu sayyoralarni Yerdan ko‘ra yaxshiroq, deb taxmin qilmoqda.

Hozirda asosiy diqqat Quyoshdan kichikroq va nisbatan sovuqroq karlik yulduzlar orbitasidagi sayyoralarga qaratilmoqda. Ularda hayot bizning quyoshimizdan ancha davomiy. Bu ularda Yerdagiga nisbatan hayotning murakkab shakllari va sivilizasiya taraqqiyotiga vaqt beradi.

Ta’kidlanishicha, sayyoralar massasi qancha ko‘p bo‘lsa, hayot mavjudligi uchun sharoit shuncha qulay ekan. Aniqlangan super yashash sayyoralaridan biri, masalan, Yerdan bir yarim baravar og‘ir. Bunday sayyorada qulay atmosfera holatini uzoq ushlab turishga qodir gravitasiya va kuchli magnit maydoni katta.

Olimlar Koinotda Yerdagiga nisbatan hayot rivojlanishi va xilma-xilligi uchun qulay sayyoralar mavjudligini ta’kidlashmoqda. Astronavtlar insoniyat kelajagi hayot mavjud sayyoralarni qidirish bilan bog‘liq ekanligini aytishmoqda, deb yozadi «Mir novostey» (2020, 42-son).

T.MUROD tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!