Kitob Davlat geologiya qo‘riqxonasining dinozavrlarga qanday aloqasi bor?

Kitob Davlat geologiya qo‘riqxonasining dinozavrlarga qanday aloqasi bor?

“Kitob yaqinida  – dinozavrlargacha yuz million yil oldin”

Geopark  bu –mahalliy landshaft tuzilishi, foydali qazilma konlarning tog‘ jinslari shakllanishi, ko‘plab  qadimiy hayvonlarning qazilma qoldiqlarini qayerda saqlanganini, hududning tarixiy geologik zamin maqomini  himoyalashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Shahrisabz yaqinidagi Kitob Davlat geologiya qo‘riqxonasi Markaziy Osiyodagi birinchi geopark deya taxmin qilinmoqda. Tahminlarga ko‘ra, dinozavrlargacha bo‘lgan davrdagi topilmalarni aniqlash imkoni bor. Aynan bu imkonni Kitob tuman qo‘riqxonasidan izlash ko‘p sirlarni ochadi.

Geoiparkni yaratish 1990-yilda boshlangan. 2002-yildan YUNESKO ko‘magi ostida  maxsus dastur Global Network of  National Geoparks – Xalqaro Milliy Geoparklar tarmog‘i faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda 41 davlatda umumiy 147 ta geopark tashkil etilgan. Jumladan, Yevropada – 75, Xitoy – 39, Yaponiya – 9, Indoneziyada  – 4, Eronda bitta geopark mavjud. Rossiyada ikkita hududiy darajadagi geopark: Oltoy Respublikasidagi “Oltoy”, Boshqirdstondagi “Yangan – Tau”.

Geopark – bu faqat geologiya emas.  Global Network of National Geoparks konsepsiyasiga muvofiq  hududlarning  ijtimoiy va ekologik shakllanishida atrof-muhitni muhofaza qilish,  resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanish asosiy maqsad etib belgilangan. YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra, Portugaliyaning shimolida joylashgan Arouka geoparki  har yili mahalliy iqtisodiyotga 15 million yevro hissa qo‘shadi. Xitoy  qishloq hududlari  iqtisodiyoti geopark tashkil etilganidan so‘ng  yaxshi tomonga o‘zgardi. Malayziyadagi Langkavi geoparki –  butun orolning iqtisodiyoti  shundan rag‘bat oladi. Markaziy Osiyo davlatlarida boy ekzotik landshaft va yirik geologik ob’ektlaridan iborat geopark yaratish rejalashtirilmoqda.

Avgust boshlarida Shahrisabz shahrida O‘zbekistonda yangi sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan 15 mamlakat olimlari va soha mutaxassislari ishtirokida 1-Xalqaro geoturistik forum o‘tkazildi. Buning uchun  2500-yillik tarixga ega boy diqqatga sazovor Shahrisabz yaqinidagi Kitob Davlat geologiya qo‘riqxonasi tanlandi.

YUNESKOning Markaziy Osiyodagi tabiiy fanlar  bo‘limi boshlig‘i  Kristina Tovmasyan ma’lum qildiki: “ MDH davlatlari hududida YUNESKOning geoparkka oid global tarmoq tajribasi   yo‘q. Shuning uchun, biz tomondan O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish taklifi bor”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!