Jizzaxda “VAZ-2106” eshak aravani urib yubordi: ikki kishi qurbon bo‘ldi

Jizzaxda “VAZ-2106” eshak aravani urib yubordi: ikki kishi qurbon bo‘ldi

Zarbdor tumani hududidan o‘tgan “Yangiyer-Dashtobod” 4/R-196 yo‘lining 35 kilometrida  yo‘l-ulov hodisasi sodir etildi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, “VAZ-2106” avtoulovi boshqaruvida bo‘lgan Zomin tumani, Hamza mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan B.P. ro‘l boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan eshak aravani urib yuborgan. 

Natijada, eshak aravada bo‘lgan Zarbdor tumani Yoshlik qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1958 yilda tug‘ilgan X.E va shu hududda yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.P.lar turli tan jarohati olib, Zomin tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan ikkala fuqaro ham vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!