Zamonaviy arxitektura ko‘rinishiga ega 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi

Zamonaviy arxitektura ko‘rinishiga ega 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi

Joriy yilda hududlarda zamonaviy arxitektura ko‘rinishiga ega 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahabari Saidnosir Usmonov Prezidentning tegishli Farmoni ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi:

Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab ko‘p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari keng joriy qilinadi.

2024 yil 1 iyundan boshlab “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 120 million so‘mgacha ipoteka kreditlari ajratib beriladi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab qurilish tashkilotlariga “yashil” uy-joy standartlari talablari asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “S” bo‘lgan tashkilotlarga besh qavatdan yuqori bo‘lmagan, “SS” bo‘lgan tashkilotlarga esa to‘qqiz qavatdan yuqori bo‘lmagan uy-joylarni qurishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, elektron ro‘yxatdan o‘tmasdan ulush kiritish asosida ko‘p qavatli uy-joylar qurishni boshlagan pudrat tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralarini belgilash, ulush kiritish asosida uy-joylar qurilishini monitoring qilish tartibini belgilash ham ko‘zda tutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!