Jizzaxda is gazidan bir oilaning 5 nafar a’zosi zaharlandi

Jizzaxda is gazidan bir oilaning 5 nafar a’zosi zaharlandi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida shu yilning 7 dekabr kuni ko‘ngilsiz voqea yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Bog‘ishamol MFYda yashovchi H.E. uyida isitish pechidagi tabiiy gazni chala yonishi oqibatida o‘zi va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i G.I., o‘g‘li K.M., ukasi H.E. hamda kelini N.T. zaharlangan.

K.M. kasalxonaga yotqizilib, H.E., G.I., H.E. hamda N.T.ga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!