Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni oshdi

Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni oshdi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 54 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 12 904 nafarga etdi.

Sutka davomida 71 kishi sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 11 684 nafarga yetdi. Kasallik qurbonlari soni o‘zgarmagan bo‘lib, 282 nafarni tashkil etmoqda.

KCDC ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya 1 iyuldan boshlab «Remdesivir» dori vositasini sotib olishni boshladi. «Remdesivir» Yevropa Ittifoqida ruxsat olish uchun tavsiya qilingan koronavirusga qarshi ilk dori vositasi hisoblanadi. Bu dori vositasi og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolashda qo‘llaniladi.

Qayd etilishicha, 7 iyulga qadar kasalxonalar «Remdesivir» bilan bepul ta’minlanadi, 8 iyuldan boshlab esa uning narxi muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, «Remdesivir» 1 may kuni AQShda COVID-19’ni davolash uchun favqulodda ma’qullangan. U o‘z davrida Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgan edi. Lekin u paytda samarali ekanligini isbotlay olmagan. Keyinchalik mazkur dori RNK tuzilishi koronavirusnikiga o‘xshash Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) va SARS-CoV atipik pnevmoniyasiga qarshi davolashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.

Preparat Amerikaning Gilead Sciences biofarmasevtik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!