Janubiy Koreya portida neft mahsulotlari ortilgan kema yonib ketdi

Janubiy Koreya portida neft mahsulotlari ortilgan kema yonib ketdi

Shanba kuni Janubiy Koreyaning Ulsan portida neft mahsulotlari bilan to‘ldirilgan kemada portlash yuz berdi. 25 ekipaj a’zosidan to‘qqiztasi yaralandi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning YTN telekanali.

Manbaga ko‘ra, ekipajning barcha a’zolari chet elliklar, shu jumladan, Rossiya va Filippin fuqarolaridir.

Kemadagilarning barchasi omon qolgan, biroq olov boshqa kemaga o‘tib ketgan. Ayni damda Sohil xavfsizlik xizmati xodimlari voqeaning aniq sababini o‘rganmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!