Istanbuldagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Istanbuldagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 21 fevral kuni shahar ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M.K. vafot etdi.

«Bosh konsulxona zarurat tug‘ilganda hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga yuborishda uning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berish uchun vaziyatni nazoratga olgan»,- deyiladi TIV matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada biri balandlikdan yiqilib, biri yong‘indan vafot etgani xabar qilingan.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!