Ispaniya bosh vazirini qo‘llab-quvvatlab namoyish uyushtirildi

Ispaniya bosh vazirini qo‘llab-quvvatlab namoyish uyushtirildi

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning tarafdorlari uning iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi xabarlardan so‘ng uni qo‘llab-quvvatlab namoyishga chiqishdi.

Sanchesning iste’fosi masalasi uning rafiqasiga qarshi korrupsiya ishi boshlangani bilan bog‘liq.

Pedro Sanches yetakchiligidagi PSOE sosialistik partiyasi o‘z rahbarining rejalari haqida ma’lumot bermagan, partiya a’zolari esa federal qo‘mitaning oldindan chaqirilgan yig‘ilishini bosh vazirni qo‘llab-quvvatlash mitingiga aylantirishga qaror qilishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!