«Hiqillovchi» musiqachi haqida bilasizmi?

«Hiqillovchi» musiqachi haqida bilasizmi?

Muntazam hiqichoq tutadigan musiqachi haqida eshitganmisiz? AQShlik 25 yoshli Kris Sands bu kasallikka chalinaman deb o‘ylamagan bo‘lsa kerak.

Undagi g‘aroyib odat 2006 yilda boshlangan edi. Bir hafta «hiqillab» yurgach, birdan to‘xtadi. Ammo bir yildan so‘ng fevral oyidan boshlab yana hiqichoq tuta boshladi. Kris har ikki soniyada bir marta «hiqillaydi».

Shifokorlar kasallikni oshqozon klapanlari bilan bog‘liqligini aniqlashgan bo‘lsa-da, davosini topisholmayapti.

Dilmurod TO‘XTAYEV tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!