Hindistonda o‘lganidan so‘ng tanasi yoqib yuborilgan erkak bir necha kun o‘tib uyiga qaytdi

Hindistonda o‘lganidan so‘ng tanasi yoqib yuborilgan erkak bir necha kun o‘tib uyiga qaytdi

Hindistonning Parganas tumanida oilasi tomonidan o‘lganidan so‘ng tanasi yoqib yuborilgan erkak bir necha kun o‘tib uyiga qaytdi, deb xabar berdi NDTV.

Telekanal xabariga ko‘ra, “marhum” 75 yoshli qariya 11 noyabr kuni koronavirus uchun musbat sinov natijasi olganidan so‘ng kasalxonaga yotqizilgan. Ikki kundan so‘ng bemorning oilasiga uning o‘limi haqida xabar berilgan va tanasini olib ketish so‘ralgan.

Jasad COVID-19 sabab xavfsizlik choralari tufayli plastikxalta ichida bo‘lgan. Shuning uchun oila marhumning yuzini ko‘rmay turib, 13 noyabr kuni tanasini yoqib yuborishgan.

Bir necha kundan so‘ng esa oilaga kasalxonadan qo‘ng‘iroq qilishgan va sog‘ayib ketgan qarindoshini olib ketishlarini aytishgan.

«Biz hayratda qoldik. Otamizni uyga olib keldik, ammo kimning tanasini yondirganimizni bilmaymiz», - dedi bemorning o‘g‘li.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!