Hindiston turizmni rivojlantirish uchun chet ellik sayyohlarga viza to‘lovlarini pasaytirdi

Hindiston turizmni rivojlantirish uchun chet ellik sayyohlarga viza to‘lovlarini pasaytirdi

Hindiston hukumati elektron vizalar uchun viza to‘lovini bir yilgacha kamaytirishga buyruq berdi

Rasmiy bayonotda Hindiston ma’muriyati vakillari bir yil muddatga sayyohlik elektron vizasini olish narxining 80 AQSh dollaridan 40 AQSh dollariga tushirilganligini ta’kidladilar. Shuningdek, endi chet el fuqarolari besh yil muddatga elektron vizani olishlari mumkin. Ushbu toifadagi viza uchun to‘lov 80 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Bundan oldin, 2019 yil aprel-may oylarida Hindiston hukumati qisqa muddatli elektron vizalar uchun viza to‘lovlarini 25 AQSh dollardan 10 AQSh dollargacha kamaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, Bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi Hindiston hukumati 2014 yilda Janubiy Osiyo davlatiga sayyohlik oqimini ko‘paytirish maqsadida chet elliklar uchun elektron vizalarni joriy qilgan edi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!