Hammomni fohishaxonaga aylantirgan ayolga jazo tayinlandi

Hammomni fohishaxonaga aylantirgan ayolga jazo tayinlandi

Jizzax shahrida yashovchi L.Zerkova (ism-sharifi o‘zgartirilgan) muqaddam g‘arazli va boshqa past niyatlarda fohishaxona tashkil etganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2014 yil 25 sentyabrdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JK 131-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, jazo olganedi. Ammo u bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmadi.

L.Zerkova ayol kishi bo‘lsa-da, 2 nafar farzandlarning onasi, xavfli residivist bo‘la turib, yana moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida, 2018 yil 13 oktyabr kuni soat taxminan 16 larda hammomda fohishaxona tashkil qilib, 200.000 so‘m evaziga N.X.ni SH.M.bilan, Z.N.ni R.J.bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

Bundan tashqari L.Zerkova jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran 2018 yil 15 oktyabr kuni soat taxminan 20 larda hammomda 200.000 so‘m evaziga N.X.ni SH.M.bilan, Z.N.ni A.A. va R.J. bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, qo‘shmachilik qilgan.

Sud, tomonidan L.Zerkova O‘zbekiston Respublikasi JK 131-moddasi 4-qismi bilan aybli deb topilib, unga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi berildi.

R.S.Orziqulov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!