Gvineyada emlash boshlanadi. U koronavirusga qarshi emas

Gvineyada emlash boshlanadi. U koronavirusga qarshi emas

23 fevral kuni Afrikaning g‘arbiy qismida joylashgan Gvineya mamlakatida ebola virusiga qarshi emlash dasturi boshlanadi. Hozirda Gvineya hukumati ushbu kasallikning qayta avj olishiga qarshi kurashmoqda.

Ebola 2013-2016 yillarda Gvineya, Serra Leoneva Liberiya mamlakatlarida keng tarqalib, 11 300 kishini hayotdan olib ketgandi. Gvineyada o‘tgan haftada ebola virusiyana tarqala boshladi. Shuning uchun mamlakat hukumati emlashni boshlamoqda. Yaqin kunlarda Gvineyadan tashqari Kongo Demokratik Respublikasida ham ebolaga chalingan odamlar qayd etilgan.

Gvineya dushanba kuni ebola vaksinasining 11 ming dozasini qabul qilib oldi. Chorshanba kuni AQShdan yana 8700 dozadagi vaksina kelishi kutilmoqda.

Ebolaga chalingan bemorlarda isitmaning kuchli shakli kuzatiladi. Kasallikningog‘ir formasida esa to‘xtatib bo‘lmaydigan darajadagi qon ketishi yuz beradi. Ebola bemorlarning tanalaridan chiqadigan suyuqliklar orqali boshqalarga yuqadi. Shuning uchun bemorlar bilan birga yashaydigan yoki ularga g‘amxo‘rlik qiladigan odamlarning ushbu kasallikka chalinish xavflari yuqori bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!