Gresiya Bosh vaziri yakuniy qarorga keldi

Gresiya Bosh vaziri yakuniy qarorga keldi

Gresiya, Yevropa Ittifoqi va NATO bosimiga qaramay, Ukrainaga havo mudofaa tizimlarini yubormaydi. Bu haqda bosh vazir Kiryakos Misotakis ma’lum qildi, deb yozadi Financial Times.

O‘tgan hafta Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda Ispaniya va Gresiya yetakchilariga havo hujumidan mudofaa tizimlarining bir qismini Ukrainaga yetkazib berishga chaqirilgan edi.

“Bizdan so‘rashdi va nima uchun buni qila olmasligimizni tushuntirdik. Gresiya turli yo‘llar bilan Ukrainani mudofaa materiallari bilan qo‘llab-quvvatladi. Ammo biz birinchi daqiqadanoq biz to‘xtatib turish qobiliyatimiz uchun muhim bo‘lgan qurol tizimlaridan qutulolmasligimizni aytdik”, dedi Misotakis.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!