Google 500 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Google  500 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Fransiyada monopoliyaga qarshi regulyator Google korporasiyasini 500 million yevro miqdorida jarimaga tortdi.

"Nazorat qiluvchi kompaniya 2020 yil aprel oyida chiqarilgan bir nechta sud qarorlarini bajarmaganligi uchun jarimaga tortdi", deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, jarima "korporasiya matbaa noshirlari bilan turdosh huquqlarni qo‘llash, ularning tarkibidan foydalanganligi uchun muharrirlarning ish haqi to‘g‘risida muzokaralarni to‘g‘ri olib bormaganligi" uchun chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Google kompaniyasiga qarshi antitrestlik tekshiruvini boshlagan edi. Tergov kompaniyaning o‘z xizmatlarini reklama qilishga ustuvor ahamiyat berib, Ittifoq qoidalarini buzganligini aniqlashga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!