Germaniyadan 50 ming dona test olib kelinmoqda

Germaniyadan 50 ming dona test olib kelinmoqda

Shavkat Mirziyoyev 10 aprel kuni videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish borasidagi ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi:

Ochig‘ini aytish kerak, agar xalqimizning mentaliteti va turmush tarzini, shu jumladan, ish-o‘qish, to‘y-ma’raka, mahalla, bozor, qarindoshlar, qo‘shnilar, do‘stlar, ayniqsa bemorlardan tez-tez xabar olish kabi juda keng ijtimoiy munosabatlarimizni hisobga olsak, karantin va cheklash tadbirlarini vaqtida kiritmaganimizda, bemorlar va yo‘qotishlar bundan ancha ko‘p bo‘lishi aniq edi.

Infeksiya tarqalishini deyarli bir oy davomida sekinlashtirib, bu vaqtdan davolash o‘rinlarini ko‘paytirish, chet davlatlarning davolash tajribasini o‘rganish va joriy qilishda unumli foydalandik.

Rossiyadan 500 ta sun’iy nafas berish apparatini xarid qildik. Ularning birinchi qismi yaqin kunlarda olib kelinadi. Xitoydan kasallikni aniqlovchi 200 ming dona va Germaniyadan 50 ming dona test olib kelinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!