Germaniya hukumati muhojirlarga uylariga qaytishlari uchun moliyaviy yordam taklif qildi

Germaniya hukumati muhojirlarga uylariga qaytishlari uchun moliyaviy yordam taklif qildi

Germaniya hukumati 31 dekabrgacha o‘z xohishi bilan vatanlariga qaytish istagini bildirgan muhojirlarga vatanlaridagi yangi turar joyning bir yillik ijarasini to‘lab berishni taklif qildi.

Germaniya ichki ishlar vazirligi Berlin metrosida ulkan bilbordlar joylashtirib, ularda yo‘lovchilarga nemis, ingliz, arab va rus tillarida yangi yil oldi taklifi bilan murojaat qilgan. Bu taklifga ko‘ra, vatanlariga qaytishga rozi bo‘ladigan muhojirlarga yangi joyning 12 oylik ijarasi uchun qo‘shimcha nafaqa to‘lanishi aytilgan. Germaniya moliyaviy rag‘batlar bilan muhojirlarni Germaniyadan ko‘ngilli tarzda ketishga ko‘ndirmoqchi.  

Mamlakatni ko‘ngilli tarzda tark etishga rozi bo‘ladiganlar aviachipta xarid qilish va vatanlarida joylashib olish uchun moliyaviy yordam oladilar. Germaniya hukumatiga bu jamoat fikri nuqtai nazaridan ham (majburiy deportasiya huquqni himoyalash tashkilotlari tomonidan tanqidga sabab bo‘lmoqda), moliyaviy tomondan ham naflidir. 

2018 yilning 1-yarmida Germaniyani 10699 kishi o‘z xohishi bilan tark etgan. Majburan esa 12261 kishi deportasiya qilingan. Muhojirlarning ko‘ngilli tarzda ketishi ularni majburiy deportasiya qilishdan ko‘ra insonparvarroqdir – hech qanday polisiya eskorti, samolyotga majburiy ravishda o‘tkazishlar bo‘lmaydi.

Germaniya hukumatining baholashicha, bir muhojirning majburiy deportasiya qilinishi o‘rtacha 1500 yevroga aylanadi. Agar muhojirlar o‘zlari ketadigan bo‘lsalar, bu qiymat yarmiga – 700 dollargacha kamayadi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!