G7 ocharchilikka qarshi kurash uchun 4,5 milliard dollar ajratadi

G7 ocharchilikka qarshi kurash uchun 4,5 milliard dollar ajratadi

G7 yetakchilari rivojlanayotgan mamlakatlarda ocharchilikning oldini olish uchun 4,5 milliard dollar ajratishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Reuters .

Ukrainadagi mojaro tufayli butun dunyoda oziq-ovqat va energiya narxlari keskin oshib ketdi. G7 global oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun mablag‘ ajratadi, bu mablag‘ning katta qismini AQSh ta’minlaydi. Pul 47 mamlakatda ochlikka qarshi kurash va mintaqaviy tashkilotlarni moliyalashtirishga sarflanadi.

“Biz, Katta yettilik yetakchilari, global oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash va oziq-ovqat inqirozi jiddiy zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan eng zaif odamlarni himoya qilish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni qilamiz”, — dedi G7 mamlakatlari yetakchilari Bavariyada bo‘lib o‘tgan sammitda.

G7 davlatlari, shuningdek, allaqachon oshib borayotgan inflyasiyani qo‘zg‘atmasdan, Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!