Fojia: Qoraqalpog‘istonda bir kechada olti kishi halok bo‘ldi

Fojia: Qoraqalpog‘istonda bir kechada olti kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda bir kechada oilaning 4 nafar a’zosi va 2 nafar mehmon iz gazidan zaharlanib halok bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabariga ko‘ra, joriy yil 9 dekabr kuni soat 17:00larda Xo‘jayli tumani IIBga bu boradagi ma’lumot kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Xo‘jayli tumani “Samankol” ovul fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarning birida yashovchi G.YU. va A.R. hamda ularning 11 va 7 yoshli farzandlari X.E. va X.A.lar, shuningdek, ushbu xonadonga mehmon bo‘lib kelgan fuqarolar – K.A. va X.A.lar uyni isitish uchun o‘rnatilgan pechdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.  

Hozirda ushbu holat yuzasidan Xo‘jayli tumani prokuraturasi tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

Tergov harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Fuqarolardan bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz va isitish uskunalaridan foydalanilganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish so‘ralgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!