Fohishaxona tashkil etgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Fohishaxona tashkil etgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Joriy yilning 10 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida sudlanuvchi B.Mardonovaga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

1998 yilda tug‘ilgan B.Mardonova oson yo‘l bilan pul topish maqsadida, 2020 yil 05 iyun kuni soat taxminan 01:00 larda g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ijaraga yashab kelgan Xatirchi tumani «Dehqonobod» MFYda joylashgan fuqaro Rashidova Yulduz Umirzoqovnaning yashash xonadonida moddiy manfaatdorlik ko‘rish maqsadida, 40 ming so‘m evaziga Hazratov O‘ral Tolib o‘g‘li va Hamdamova Yorqinoy Hamdam qizini jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil qilib, saqlab kelayotganligi Navoiy viloyat IIB va Xatirchi tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida aniqlangan.

Sud, B.Mardonovani sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 131-moddasi 2-qismi bilan 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.

Alisher Saydullayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi sudyasi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!