Fransiyada qamoqxonalar to‘ldi, mahbuslar soni tarixiy rekordga yetdi

Fransiyada qamoqxonalar to‘ldi, mahbuslar soni tarixiy rekordga yetdi

Fransiya qamoqxonalaridagi mahbuslar soni rekord darajaga yetdi va 77 ming kishidan oshdi.

Bu haqda «Frans Press» agentligi mamlakat Adliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 1 aprel kuni 77 450 kishi qamoqda bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davriga nisbatan 4370 taga ko‘pdir. Bu Fransiya tarixidagi eng ko‘p mahbus sanaladi.

«Ba’zi qamoqxonalar 200% to‘lgan. Bu yerda yotishga majbur bo‘lganlar soni keskin oshganini bildiradi», — deyiladi xabarda.

Bungacha Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Fransiya qamoqxonalaridagi sharoitlarni bir necha bor qoralagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!