Qurilishi to‘liq yakunlanmagan uyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish mumkinmi?

Qurilishi to‘liq yakunlanmagan uyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish mumkinmi?

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov sohaga oid fuqarolardan kelgan savollarga javob berdi:

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar ham bino va inshootlar davlat kadastrida hisobga olinishi mumkinili belgilangan.

Qanday holatlarda Yer maydonlarini noqonuniy egallab olingani uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi?

Er maydonlarini noqonuniy egallab olingani uchun jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197 hamda 229(1)-moddalarida belgilangan.

Agar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilgan binoni buzib tashlasa, jarimadan ozod qilinadimi?

Er uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Javobgarlikdan ozod etish kodeksning 60-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikka tegishli, ya’ni yer uchastkasini o‘zboshimcha egallab unda qurilish qilish bilan bog‘liq holat bundan mustasno.
Kadastr idoralarida maqsadsiz foydalanilgan yerlarni olib qo‘yish vakolati bormi?

Er uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish yuzasidan Kadastr agentligi organlari tomonidan sudga murojaat qilinadi. Maqsadsiz foydalanilayotgan yerlarni olib qo‘yish faqatgina sud tartibida hal etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!