Kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan MCHJlar aniqlandi

Kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan MCHJlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.A.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar ishlab chiqarish sexi binosini soxta hujjatlar bilan garovga qo‘yib, naslli chorva mollarini olib kelish maqsadida tijorat banki filialidan ajratilgan 666,6 mln so‘m kreditni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “C.I.” MCHJ rahbari M.D. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 24 nafar fuqaroga 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan maishiy texnika xarid qilish uchun onlayn shartnomalar tuzish orqali ularning nomiga plastik kartalar ochib, ushbu plastik kartalarga tushgan jami 531,2 mln so‘m kredit mablag‘ini naqdlashtirib olib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.B.”, “I.Z.”, “A.A.”, “M.f.” va “S.A.” korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar 10 nafar fuqaroning nomiga ajratilgan kredit mablag‘i evaziga xarid qilgan tikuv mashinalari va ishlab chiqarish jihozlarini sotib yuborib, 257,6 mln so‘m kreditni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari hamda bankning qat’iy hisobidagi kredit rasmiy hujjatlarini qasddan nobud qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!