Polsha NATO mashg‘ulotlari tufayli Rossiya bilan chegaraga harbiy texnika o‘tkazadi

Polsha NATO mashg‘ulotlari tufayli Rossiya bilan chegaraga harbiy texnika o‘tkazadi

Polsha Qurolli Kuchlari Shimoliy Atlantika alyansining “Steadfast Defender 2024” mashg‘ulotlari munosabati bilan mamlakat shimoliga, shu jumladan Kaliningrad viloyati bilan chegaralariga ommaviy ravishda texnika o‘tkazadi.

Bu haqda TASS yozmoqda.

“Yaqin kelajakda ayniqsa ehtiyot bo‘lishingizni so‘raymiz, chunki yo‘llarda ko‘plab harbiy karvonlarga duch kelishingiz mumkin”, — deyiladi bayonotda.

Polsha qurolli kuchlarining aniqlik kiritishicha, kulminasion nuqta 4-6-may kunlari G‘arbiy Pomeraniya, Pomeraniya va Varm-Masuriya voyevodaliklari hududlarida bo‘ladi.

Oxirgi ikkitasi Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!