Voronej viloyati gubernatori urib tushirilgan ikkita dron haqida xabar berdi

Voronej viloyati gubernatori urib tushirilgan ikkita dron haqida xabar berdi

Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev o‘zining telegram-kanalida chorshanbaga o‘tar kechasi mintaqa uzra ikkita uchuvchisiz uchoq urib tushirilganini yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ulardan biri Voronej chekkasida, yana biri Voronej viloyatida urib tushirilgan.

Drondan parchalar qulashi natijasida «qurilayotgan uyning derazalari singan» va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, deb yozdi gubernator.

U mintaqada dron hujumlari xavfi saqlanib qolayotgani haqida ogohlantirdi.

Bundan tashqari, chorshanbaga o‘tar kechasi Ryazan viloyatiga uchuvchisiz samolyot hujum qilgan, qurbonlar yo‘q, dedi gubernator Pavel Malkov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!