G‘azoda bedarak yo‘qolganlar soni 10 ming nafardan oshib ketdi

G‘azoda bedarak yo‘qolganlar soni 10 ming nafardan oshib ketdi

Isroilning keng ko‘lamli harbiy amaliyotlari davomida G‘azo sektorida bedarak yo‘qolganlar soni 10 ming nafardan oshib ketdi.

Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, vayronalar ostida minglab falastinliklar jasadlari yotgan bo‘lishi mumkin. G‘azo shimoli va markazida yuzlab ommaviy qabrlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qilingan.

Bedarak yo‘qolganlar haqidagi statistikani dastlab Falastin fuqarolik mudofaasi xizmati 30 aprel kuni e’lon qilgan. Isroil askarlari tark etgan hududlarda qidiruv ishlari olib borilayotgani bildirilgan.

“Bizning hisobimizcha, Isroil agressiyasi boshlanganidan beri vayron bo‘lgan yuzlab uylar vayronalari ostida 10 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan yotgan bo‘lishi mumkin”, — deyiladi fuqarolik mudofaasi bayonotida.

G‘azoda hozirga qadar halok bo‘lganlar soni 44 ming nafardan oshgani aytiladi. Bedarak yo‘qolganlar bu ro‘yxatga kiritilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!