Xorijda ishlab chiqarilgan tamakini 34,2 mln so‘mga sotayoganshaxs ushlandi

Xorijda ishlab chiqarilgan tamakini  34,2 mln so‘mga sotayoganshaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.K. va G.B. daromad orttirish maqsadida xorijda ishlab chiqarilgan 4 turdagi jami 2 680 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro B.V.ga 34,2 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!