Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi

Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi

Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi lavozimiga O‘tkirbek Komiljonovich Ma’murov tayinladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkirbek Ma’murov 1973 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda “K.Timirzayev” nomli Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida qishloq xo‘jaligi sohalarida agronom, mudir, rais o‘rinbosari, rais, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarida ishlagan.

Ma’murov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!