JSST: 2030 yilgacha meningitning uch millionga yaqin holatlari va undan 900 ming o‘limning oldini olish mumkin

JSST: 2030 yilgacha meningitning uch millionga yaqin holatlari va undan 900 ming o‘limning oldini olish mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Fransiya hukumati hamkorligida tashkil etilgan yuqori darajadagi yig‘ilishda jahon yetakchilari tomonidan nogironlikning asosiy sababi bo‘lgan meningitni bartaraf etish zarurligini ta’kidlandi. Tadbir Parijda Paralimpiya o‘yinlari arafasida meningit kasalligini bartaraf etish uchun kurashgan mashhur sportchilar ko‘magida bo‘lib o‘tdi.

✅ Nigeriyada bakterial meningitning beshta asosiy shtammiga qaratilgan yangi, xavfsiz va yuqori samarali vaksina muvaffaqiyatli joriy qilinganiga asoslanib, dunyo yetakchilari sarmoya talab qiluvchi “2030 yilgacha meningitni tugatish” nomli Global yo‘l xaritasini bajarishni o‘z zimmalariga olishdi. Ushbu innovasion rejada dunyoning barcha mintaqalarida meningitni aniqlash, nazorat qilish va uni yengish, bu halokatli kasallikdan jabrlanganlarni reabilitasiya qilish masalalari har tomonlama ko‘rib chiqiladi.

“Bakterial meningit bilan kasallangan har olti kishidan biri olamdan o‘tishi kuzatiladi va uni yuqtirgan har besh kishidan biri uzoq vaqtga nogiron bo‘lib qoladi. Bu holatlarning aksariyatini vaksinalar yordamida oldini olish mumkin”, — dedi JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus.

📊 “2030 yilgacha meningitni yengish” yo‘l xaritasi kasallikning barcha jihatlariga qarshi kurashish uchun barcha manfaatdor tomonlarga birgalikda ishlash imkonini beruvchi innovasion yondashuvni ifodalaydi. Agar to‘liq moliyalashtirilsa va amalga oshirilsa, ushbu yo‘l xaritasi 2030 yilga kelib meningitning uch millionga yaqin holatlari va kamida 900 ming o‘limning oldini olishga yordam beradi. Bu esa o‘n yil ichida 4–10 milliard AQSh dollari miqdoridagi tibbiy xarajatlarni va yana milliardlab bilvosita xarajatlarni tejash imkonini yaratiladi degani.

📑 Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan 2020 yilda ma’qullangan yo‘l xaritasi meningitning oldini olish, tashxislash va davolash bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish bo‘yicha bosqichma-bosqich rejani o‘z ichiga oladi. Ushbu maqsadlarga beshta yo‘nalish: epidemiyaning oldini olish va nazorat qilish, diagnostika va davolash, kasallikni epidnazorat qilish, parvarish qilish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, axborot-targ‘ibot ishlari orqali erishiladi. (https://telegra.ph/file/64a5a330c3e0f1b24963f.png)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!