Amerikaning sakkizta nashri Microsoft va OpenAI kompaniyalarini sudga berdi

Amerikaning sakkizta nashri Microsoft va OpenAI kompaniyalarini sudga berdi

Amerikaning sakkizta nashri Microsoft va ChatGPT egasi OpenAI kompanisiga qarshi sudga shikoyat qilib, kompaniyalarni mualliflik huquqini buzganlikda aybladi.

Bu haqda Axios portali sud hujjatiga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sudga New York Daily News, Chicago Tribune, Orlando Sentinel, South Florida Sun Sentinel, San Jose Mercury News, Denver Post, Orange County Register va St. Paul Pioneer Press nashrlari da’vo kiritgan. Gazetalar, texnologik kompaniyalarni millionlab mualliflik huquqi bilan himoyalangan maqolalardan tegishli ruxsatsiz yoki to‘lovlarsiz foydalanganlikda ayblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!