Qozog‘istonning barcha aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Qozog‘istonning barcha aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Qozog‘iston aeroportlarida aviasiya xavfsizligi choralari kuchaytiriladi. Bu haqda QR Fuqaro aviasiyasi qo‘mitasi xabar berdi.

1 maydan boshlab mamlakatning barcha aeroportlarida vokzal, avtoturargohlar va yo‘lovchi terminallari yaqinidagi hududlarda aviasiya xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Taqiqlangan narsalarni olib o‘tishning oldini olish uchun yo‘lovchilar terminaliga kirishda birinchi skrining liniyasi joriy etiladi.

Fuqaro aviasiyasi havo transporti infratuzilmasining aviasiya xavfsizligi holatini profilaktika qilish va baholashni amalga oshirish hisobiga aviasiya xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda.

Noqonuniy aralashuv xatti-harakatlarining oldini olish, xavfsizlik darajasini aniqlash va aeroportlardan foydalanish xizmatlarining davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida har yili profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan yo‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tish tartib-qoidalaridan o‘tish uchun aeroportlarga oldindan kelishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!