Putin Yevropani mag‘lub eta olmadi

Putin Yevropani mag‘lub eta olmadi

Rossiyani asosiy tabiiy gaz bozoridan mahrum qilgan Yevropani muzlatishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish federal budjetning gaz daromadlarini yo‘qqa chiqardi, deb yozadi muxolif rus matbuoti.

Birinchi chorak natijalariga ko‘ra, federal g‘azna gaz eksporti bo‘yicha faqat 114 milliard rubl boj oldi. 2023 yilning yanvar-mart oylari bilan solishtirganda, gaz eksportidan tushgan daromadlar yana 17 foizga yoki 24 milliard rublga kamaygan, agar 2022 yilning shu davri bilan solishtirganda, ular 4,4 baravarga kamaygan.

Inflyasiyani hisobga olgan holda, «Gazprom» ning yevropalik mijozlariga gazni o‘chirib qo‘yishi g‘aznani har chorakda 418 milliard rubldan mahrum qilgan — bu milliy YAIMning 1,9 foiziga teng va Rossiyaning yirik mintaqalari, masalan, Leningrad viloyati (226 milliard rubl) yillik budjetidan deyarli ikki baravar ko‘p.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!