Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.S.” MCHJ tuman filiali mas’ul shaxslari va boshqalar “A.Qurbonov” MFY hududida joylashgan suv inshootidagi suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 366,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Rishton bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.J.” fermer xo‘jaligi rahbari A.N. “Amirobod” MFY hududidagi dala maydoniga o‘rnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 184,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!