Britaniya bir qator oziq-ovqat mahsulotlari importiga cheklov joriy qila boshladi

Britaniya bir qator oziq-ovqat mahsulotlari importiga cheklov joriy qila boshladi

30 apreldan Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi (EI) hududidan o‘simlik va hayvonot mahsulotlari – go‘sht, baliq, pishloq, tuxum, gullar va ko‘chatlar olib kelingan yuk mashinalari va konteynerlarni tekshirishni boshladi.

Bu 2021 yildan keyin Yevropa Ittifoqidan oziq-ovqat va o‘simliklarni olib kirish tartibiga kiritilgan ikkinchi yirik o‘zgarishdir.

Avvalroq – joriy yilning yanvar oyida o‘rta va yuqori xavfli import qilinadigan barcha mahsulotlar (masalan, go‘sht va sut mahsulotlari) Buyuk Britaniyaga olib kirishdan oldin maxsus sertifikatga ega bo‘lishi kerakligi haqida qaror qabul qilingan edi. Bu xorijdan kasallik va zararkunandalar kirib kelishining oldini oladi, deydi rasmiylar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!