Buxoroda tarixiy yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,4 mlrd so‘m talon-taroj qilindi

Buxoroda tarixiy yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,4 mlrd so‘m talon-taroj qilindi

Quyidagi yodgorliklarda bajarilgan ish hujjatlariga soxta yozuvlar kiritish yo‘li bilan:

▪️“Xo‘ja Kalon” masjidida 731 mln so‘m;
▪️“Xusayni” madrasasida 216 mln so‘m;
▪️“Nodir Devonbegi” madrasasida 90 mln so‘m talon-taroj qilingan.

🔸Bundan tashqari shahardagi 74 ta ob’ektga manzil ko‘rsatgich belgilari o‘rnatish uchun ajratilgan 50 mln so‘m;

🔸2,3 mlrd so‘m tovar-moddiy boyliklar sotib olish uchun sarflangani yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, amalda mablag‘lar talon-taroj qilingan.

Buxoro mintaqaviy restavrasiya markazi mansabdorlari va boshqalarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!